Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 26.09.2022



17:29:44 (GMT +5), Дш, 26 сен 2022

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ishni samarali boshqarish va tashkil etish

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ishni samarali boshqarish va tashkil etish


Bugun ayni shu mavzuda xalqaro maslahatchi Giorgiy Tsxakaya ishtirokida Adliya vazirligida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda FHDYO va byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tizimini xizmatlarini samarali koʻrsatish, litsenziya va ruxsatnomalar berish tartib-taomillarini soddalashtirish, proaktiv xizmatlarni joriy etish, raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish va davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va idoralarining axborot tizimlarini oʻzaro integratsiyalash masalalari, shuningdek, Davlat xizmatlarini yanada samarali, tez va sifatli koʻrsatish uchun hududlarga ajratishning yangi tamoyiliga asoslangan Davlat xizmatlari markazlarining mavjud xizmat koʻrsatish maydonini qayta tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekiston qishloq joylarida davlat xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etildi.

Oʻtkazilgan uchrashuvlar va muhokamalar natijalariga koʻra, Loyiha doirasida Davlat xizmatlari markazlari orqali anʼanaviy tarzda va onlayn rejimda davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.