Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 26.09.2022



18:45:35 (GMT +5), Дш, 26 сен 2022

Toshkent davlat yuridik universitetida Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Аҳамият беринг

Toshkent davlat yuridik universitetida Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


Joriy yilning 19-sentyabr kuni Adliya vazirligining Maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari tomonidan Yaponiya Adliya vazirligi va Nagoya iqtisodiyot universitetining masʼul xodimlari oʻrtasida Toshkent davlat yuridik universitetida seminar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Yaponiya davlati tajribasi misolida maʼmuriy qonunchilikni qoʻllash, “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunni amaliyotga joriy etish va uni takomillashtirib borish zarurati, Qonunni davlat boshqaruvidagi ahamiyati va oʻrni boʻyicha seminar ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berildi, bu boradagi Yaponiya va Oʻzbekiston tajribalari boʻyicha oʻzaro fikr almashinildi.

Shu bilan birga respublikamizda huquqiy sohada, shu jumladan “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunni amaliyotga joriy etish, maʼmuriy munosabatlarning samarali tartibga solish, qonunchilikdagi byurokratik talablar bekor qilish bilan bogʻliq amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar delegatsiya aʼzolarida katta qiziqish uygʻotdi.

Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasining Oʻzbekistondagi tashrifi davom etmoqda.