Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 27.09.2022

21:28:13 (GMT +5), Сш, 27 сен 2022

Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tadbirlar davom etmoqda.

Аҳамият беринг

Loyiha doirasida joriy yilning 18-sentyabr kuni 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sportning shaxmat turi bo‘yicha hamda rasm chizish san’ati bo‘yicha musobaqa ishtirokchilari va ularning kuzatuvchilari uchun Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida nogironligi bo‘lgan yoshlar poytaxtimizning muqaddas ziyoratgohlaridan biri bo‘lgan Shaxidlar xotirasi yodgorlik majmui va Hazrati Imom majmuasi, shuningdek, Toshkent hayvonot bog‘iga tashrif buyurishdi.

Toshkent sayohati menda va do‘stlarimda katta taassurot qoldirdi, - deydi Qashqadaryo viloyatidan kelgan Bekzod Ernazarov. – Poytaxt Toshkent ko‘rkam xiyobonlar va tarixiy binolarning ko‘pligi bilan ajralib turar ekan. Ayniqsa, biz bolalar hayvonot bog‘ida bo‘lganimizdan juda ham xursand bo‘ldik.

Ta’kidlash lozimki, ushbu amalga oshirilgan tur o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan yoshlarning ko‘zlarida quvonch paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.