Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 26.09.2022



21:06:34 (GMT +5), Дш, 26 сен 2022

Tovar belgilari o‘z egalariga qaytarildi

Аҳамият беринг

Tovar belgilari o‘z egalariga qaytarildi


Turkiya Respublikasida faoliyat olib boruvchi “GTD GLOBAL TEKSTIL SANAYI VE DIS TICARET LIMITED SIRKETI” kompaniyasi hamda Moldova Respublikasida faoliyat olib boruvchi “BiTeks” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashiga murojaat qilib Turkiya kompaniyasi tomonidan dunyoning yigirmadan ortiq davlatlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan “GRATUDE” tovar belgisi va Moldova kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “БИТЕКС” tovar belgisi O‘zbekiston Respublikasida “Q.T.P.” MChJ hamda MChJ shaklidagi “B.” xorijiy korxonasi tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazib olinganligi, shu sababli tovar belgilariga berilgan guvohnomalar haqiqiy emas deb topilishi lozimligini bildirgan. Apellyatsiya kengashi tomonidan ishlarni ko‘rib chiqish jarayonida “Q.T.P.” MChJ va MChJ shaklidagi “B.” xorijiy korxonasi “brendreyding” yo‘li bilan o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lgan tovar belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazganligi aniqlanib, tovar belgilariga berilgan guvohnomalar haqiqiy emas deb topilgan. Biroq, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudning qarori bilan Apellyatsiya kengashi qarorlari bekor qilinib, tovar belgilari “Q.T.P.” MChJ hamda MChJ shaklidagi “B.” xorijiy korxonasiga qaytarilgan.

Toshkent shahar sudi ishni apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqib birinchi instansiya tomonidan ish hujjatlariga to‘g‘ri baho berilmaganligi, holat to‘liq o‘rganilmaganligi hamda prokuratura tomonidan kiritilgan apellyatsiya protesti inobatga olinib birinchi instansiya qarori bekor qilindi va “GRATUDE” hamda “БИТЕКС” tovar belgilari asl egalariga qaytarildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi