Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 27.09.2022



20:56:33 (GMT +5), Сш, 27 сен 2022

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talaba-yoshlarining “Adliya vazirligi hayotidagi bir kuni”

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talaba-yoshlarining “Adliya vazirligi hayotidagi bir kuni”


Joriy yilning 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida oliy ta’lim muassasalarining “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi va soha mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi talaba-yoshlarini vazirlik markaziy apparati va hududiy adliya organlariga ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlovning suhbat jarayonlari o‘tkazildi.

Talaba-yoshlarga eng avvalo, vazirlikning tashkiliy tuzilmasi, adliya organlari va muassasalarining faoliyati, ularning asosiy vazifa va funksiyalari, shuningdek, ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona faoliyati, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tanishtirish berib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning 2 426 nafari (yoki 30 foizi)ni 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qilmoqda.

Talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga vazirlik tarkibiy bo‘linmalarini tanishtirish jarayonidagi suhbat davomida mas’ul xodimlar tomonidan javob oldilar.

Shuningdek, tanishtiruv davomida bitiruvchi talaba-yoshlar uchun “Adliya organlari tarixi muzeyi”ga ekskursiya ham tashkil etildi. Mazkur muzeyda Adliya vazirligining shakllanish, rivojlanish evolyutsiyasi o‘z aksini topganligi, shuningdek, mamlakatimizda huquqshunoslik sohasida faoliyat yuritgan olimlar, davlat va siyosat arboblari, ularning bosib o‘tgan yo‘llari 100 ga yaqin tarixiy eksponatlar va hujjatlar orqali tanishtirib o‘tildi.

Shundan so‘ng, Adliya vazirligi va uning tizimidagi adliya organlarida mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari uchun ochiq tanlov o‘tkazilib, unda ishtirok etgan 54 nafar talabadan 17 nafari vazirlikning markaziy apparati hamda hududiy adliya organlariga ishga qabul qilish uchun tavsiya etildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi