Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 27.09.2022



21:35:59 (GMT +5), Сш, 27 сен 2022

“TIDE” brendi himoya qilindi

Аҳамият беринг

“TIDE” brendi himoya qilindi


Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan markaziy bozorlarda belgilangan tartibda kontrafakt mahsulotlarga qarshi navbatdagi kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida “The Procter & Gamble Company” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “TIDE” tovar belgisi (brendi) ga o‘xshash bo‘lgan “ТИДЕ” nomli kontrafakt kir yuvish kukunlari sotilayotganligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun: 1994-yil 2-sentabrda “The Procter & Gamble Company” (AQSH) kompaniyasiga “TIDE” so‘z ko‘rinishidagi tovar belgisi uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining 3-sinfiga muvofiq (MGU1380-son) guvohnoma berilgan (guvohnomaning amal qilish muddati 2028-yil 26-iyunga qadar).

Holat yuzasidan “A.K” MCHJ ga nisbatan o‘zganing tovar belgisi bo‘lgan va muhofaza qilinayotgan “TIDE” belgisiga o‘xshash “ТИДЕ” so‘zli tovar belgidan noqonuniy foydalanishni to‘xtatish yuzasidan Adliya boshqarmasi tomonidan taqdimnoma huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilib, ushbu huquqbuzarlik bartaraf etildi hamda “ТИДЕ” nomli kontrafakt kir yuvish kukunlari ishlab chiqarilishi to‘xtatildi.

Yurtdoshlarimizdan o‘zgalarning brendlarini hurmat qilishlarini hamda o‘z brendlariga ega bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi