Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 15.08.2022



19:20:58 (GMT +5), Дш, 15 авг 2022

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi


Joriy yilning 1-iyul kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha navbatdagi malaka imtihoni o‘tkazildi.

Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi va notariat sohasidagi savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.

Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida o‘tkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 30 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 19 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:

Turdikulov Lutfullo Kaxramanovich;

Qashqadaryo viloyatidan:

Boynazarova Dilafruz Asadovna;

Sitdiqov Ikrom Oʻktamjonovich;

Egamov Islom Esanovich;

Namangan viloyatidan:

Nazirov Akbarjon Raximberdiyevich;

Negmatov Abdumutal Abduxamitovich;

Shoqalamov Mirzoxid Zokirjonovich;

Samarqand viloyatidan:

Nishanova Umida Ismatillayevna;

Toshkent viloyatidan:

Xayrulina Sevara Ismatovna;

Toshkent shahridan:

Davronov Otabek Djanibekovich;

Zayniddinov Aloiddin Xusniddinovich;

Mirzayev Fayruz Abdullayevich;

Xudayberganov Ruslan Shanazarovich

Xorazm viloyatidan:

Allaberganov Akbar Shavkatovich;

Farg‘ona viloyatidan:

Gafurov Baxodir Baxtiyarovich;

Tursunov Xusanboy Saʼdulloyevich;

Xojimatov Jaxongir Fazliddin oʻgʻli;

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan:

Abduxalikov Alibek Pulatbekovich;

Norimbatova Goʻzal Farxod qizi.

Malaka imtihoni joriy yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.