Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 15.08.2022



01:52:31 (GMT +5), Сш, 16 авг 2022

Adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Hawkamah korporativ boshqaruv instituti (BAA) bosh direktori Ashraf Gamal El Din bilan uchrashdi

Аҳамият беринг

Adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Hawkamah korporativ boshqaruv instituti (BAA) bosh direktori Ashraf Gamal El Din bilan uchrashdi


Joriy yilning 24-iyun kuni adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Hawkamah korporativ boshqaruv instituti (BAA) bosh direktori janob Ashraf Gamal El Din bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuv Hawkamah korporativ boshqaruv instituti vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda xalqaro moliyaviy markaz tashkil etish xususida fikr almashish maqsadida tashkil etildi.

Hawkamah korporativ boshqaruv instituti 2006-yilda mintaqadagi korporativ boshqaruvdagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam berish uchun xalqaro tashkilotlar, jumladan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xalqaro moliya korporatsiyasi va Jahon banki hamda Arab banklar ittifoqi va Dubay xalqaro moliya markazi boshqaruvi (DIFC) kabi mintaqaviy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan.

A. Karimov xalqaro moliyaviy markazlarning faoliyati va bunday markazlarning Oʻzbekistonda tashkil etilishi masalasi xorijiy tajriba asosida oʻrganilganligi va izlanishlar hali davom etayotganligini taʼkidlab, Ashraf Gamal El Din janoblariga oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Uchrashuv davomida Tomonlar Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat yurituvchi Dubay xalqaro moliyaviy markazining ilgʻor tajribasini muhokama qildilar hamda bu tajribaning Oʻzbekiston tomonidan oʻrganilishi boʻyicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida Janob Ashraf Gamal El Din Dubay xalqaro moliyaviy markazining faoliyati bilan yaqindan tanishishda koʻmak berishga tayyorligini bildirdi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi