Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 26.09.2022



05:28:59 (GMT +5), Сш, 27 сен 2022

“KNAUF” tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik holatlariga chek qo‘yildi

“KNAUF” tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik holatlariga chek qo‘yildi


Ma’lumki biznesda ikki xil o‘xshash firma nomi yoki tovar belgisi iste’molchilarni chalg‘ishiga, qaysi tovar kimga tegishli ekanligini bilmasdan adashishlariga sabab bo‘ladi.

Shunday Qonun buzilish holati O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan “Best knauf” MCHJ rahbari J.O “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ xorjiy korxonasiga tegishli bo‘lgan “KNAUF” so‘zidan huquq egasining roziligisiz foydalanilganligi hamda “SDK KNAUF GROUP” MCHJ rahbari, yakka tartibdagi tadbirkor O.M.A tomonidan “KNAUF GIPS BUXORO” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tovar belgisidan foydalangan holda mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanganligi holatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli tuman sudlariga taqdim etildi.

Natijada Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi tomonidan J.O ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan deb topilib, tegishli tartibda jarima jazosi tayinlandi.

Ikkinchi holat yuzasidan O.M.A O‘zbekiston Respublikasi MJtKning
177-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan deb topilib, tegishli tartibda jarima jazosi tayinlandi.

Darhaqiqat, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunga binoan tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi bilan belgilangan tovarni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, sotish, adashtirib yuboradigan darajada aynan o‘xshash bo‘lgan bir xil ko‘rinishdagi tovarlarni ishlab chiqarish tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish sanaladi.

Shunday ekan, o‘z firmangiz nomiga va mahsulotingizga hech kimnikiga o‘xshamagan nom tanlang va uni brend darajasiga kutarib, xaridorlar ishonchini qozoning! Hurmatli tadbirkorlar, Qonunga rioya qiling va o‘zgalar brendidan shartnoma asosida foydalaning yoki o‘z brendingizni yarating!

Adliya vazirligiJamoatchilik
bilan aloqalar bo‘limi