Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 25.06.2022



07:32:04 (GMT +5), Яш, 26 июн 2022

Intellektual mulk haftaligiga start berildi

Аҳамият беринг

Intellektual mulk haftaligiga start berildi


Adliya vazirligi tomonidan intellektual mulk obyektlariga nisbatan hurmat xissini oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirish, sohaga oid yangi qonunchilikdagi o‘zgarishlarning mazmuni va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 13-iyundan 17- iyunga qadar sayyor uchrashuvlar tashkil qilgan holda intellektual mulk haftaligi o‘tkazilmoqda.

Adliya vazirligi mas’ullari intellektual mulk haftaligining ilk kunini Milliy teleradiokompaniya xodimlari bilan uchrashuvdan boshlashdi.

Interaktiv usulda o‘tkazilgan uchrashuv davomida telekanallar faoliyatida efir uchun mahsulot tayyorlash va uni kabel orqali uzatish jarayonlarida vujudga keladigan mualliflik huquqlari bilan bog‘liq ko‘plab masalalar muhokam qilindi. Xususan, ko‘rsatuvlar tayyorlashda mualliflik huquqi masalalari, ijrolarga bo‘lgan huquqlar, o‘zgalarning mulkiy huquqlaridan ruxsat olish va o‘zaro kelishuv hamda litsenziya shartnomalarini tuzish lozimligi kabi masalalar uchrashuv mavzularidan biri bo‘ldi.

Shuningdek, Intellektual mulk dapartamenti mas’ullari tomonidan mualliflik huquqi vujudga kelishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilish talab qilinmasligi, mualliflik huquqi g‘oyalarni emas ularning ifodalanish shaklida yuzaga kelishi haqidagi zarur ma’lumotlar yetkazildi.

Vazirlik mas’ullari tomonidan tayyorlangan taqdimot va videoroliklar televideniye xodimlari e’tiboriga namoyish etildi hamda efir uchun mas’ul bo‘lgan Milliy teleradiokompaniya xodimlari tomonidan bir qancha masalalar o‘rtaga tashlanib soha xodimlari bilan birgalikda atroflicha muhokama qilindi, o‘z navbatida ikki tashkilotlar o‘rtasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar kelishib olindi.

Darhaqiqat, bugungi kunda yurtdoshlarimizda xolis axbortga bo‘lgan ehtiyojlari kuchayib borayotgan bir paytda televideniye xodimlaridan tezkorlik, xolislik va biror bir jarayonni yoritishda unga to‘g‘ri va adolatli yondoshishlari talab etiladi. Shu sababli uchrashuv davomida vazirlik mas’ullari intellektual mulk sohasini yoritishda OAV vakillarining bilishi muhim bo‘lgan ko‘plab ma’lumotlarni yetkazishdi hamda o‘zaro fikr almashishdi.

Eslatib o‘tamiz, intellektual mulk haftaligi davomida nodavlat telekanallar va internet nashrlarida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar bilan ham sayyor uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi