Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 19.05.2022



12:36:27 (GMT +5), Пш, 19 Мая 2022

Oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi

Oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi


15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan  “Oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi” mavzusida  Adliya vazirligining Facebookdagi «Adliya bilan muloqot/ Диалог с юстицией» guruhi shuningdek, YouTubedagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanallarida  online muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzda o’tgan ushbu tadbir davomida Toshkent shahar sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi B. Saidmuradov hamda Shayxontohur tuman adliya bo‘limi FHDY mudirasi N. Yusufbekova hamda adliya vazirligi mas’ul xodimi X.Ravshanovlar tomonidan aholi orasida oilaviy munosabatlarda uchrayotgan masalalar yuzasidan ijtimoyi tarmoqlar orqali berilgan savollarga javob berildi.

Kelib tushgan savollarning mazmuniga ko’ra, nikoh qurish, nikoh shartnomasi, farzandlikka olish, otalikni belgilash, davlat boji stavkalari,  aliment, nikohni bekor qilish va boshqa masalalarga oid munosabatlarni tashkil etdi.

Har bir ishtirokchi mutahassislar fuqarolar tomonidan  berilgan savollar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berdi.

Xususan, mamlakatimzda oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari yuzasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining Oila bobi, unda oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqi deb belgilanganligi. Bunday normaning boshqa dunyo mamlakatlaring konstitutsiyalarida uchramasligi shuningdek, Oila kodeksi haqida ma’lumot berildi.

Farzandlikka olish tartibi haqida mutahassis bu murrakab jarayon emasligi, qonunda buni tartib borligi, ayrim istisno holatlardan tashqara har qanday farzand talab oila farzand asrab olishi mumkinligi,  ushbu jarayonda eng murakabi bu mehribonlik uylarida farzandga asrab olishga bo’lgan navbatlar ekanligi deb tushuntish berdi.

Shu  va boshqa savollar yuzasidan to’liq ma’lumotni ushbu havolada (https://www.youtube.com/embed/fmVijO9d7qQ)  ko’rishingiz mumkin.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi