Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 19.05.2022



15:16:06 (GMT +5), Пш, 19 Мая 2022

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari O. Sidikov bilan uchrashdi.

Аҳамият беринг

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari O. Sidikov bilan uchrashdi.


Joriy yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimovning Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari O. Sidikov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari O. Sidikov Toshkentga kuni kecha bo’lib o’tagan “Davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va qonun ustuvorligi tamoyillarini hurmat qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiya munosabati bilan tashrif buyurgan.

Uchrashuv avvalida vazir o‘rinbosari A.Karimov mehmonni vazirlik faoliyati, uning tizimidagi yangiliklar, xususan, vazirlik tomonidan davlat xizmatlari, yuridik xizmatlarni muvofiqlashtirish borasida olib borilayogan jadal islohotlar bilan tanishtirib, notariat sohasini takomillashtirish hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida alohida ma’lumot berdi.

O. Sidikov notariat va davlat xizmatlari sohalarida amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholab, ular bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini chuqurroq o‘rganishga qiziqish bildirdi.

Shu bilan birga, mehmonga aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, bu boradagi innovatsion yondashuvlar hamda vazirlik “Media markaz”i faoliyati bilan tanishtirildi.

Tomonlar istiqbolda ikki davlat o‘rtasida huquq va adliya sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Аdliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi