Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 25.01.2022



02:14:14 (GMT +5), Чр, 26 янв 2022

Mustaqil O‘zbekiston Adliyasiga 30 yil

Mustaqil O‘zbekiston Adliyasiga 30 yil


O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan tizim xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil” estalik nishoni bilan taqdirlanishdi.

Esdalik nishoni adliya organlari va muassasalarida samarali faoliyat yuritayotgan, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasini rivojlantirishda yuqori natijalarga erishgan hamda Adliya vazirligi tizimida kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlarga topshirildi.

Shuningdek, ushbu esdalik nishon:

- adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritgan faxriylarga;

- adliya tizimi faoliyati samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakillariga;

- adliya organlari va muassasalarining ish faoliyatini tizimli yoritib kelayotgan ommaviy axborot vositalari vakillariga;

- vazirlik ochiqlik siyosatini targ‘ib qilishga, jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlarning adliya organlari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va chet el fuqarolariga ham topshirildi.

Ushbu esdalik nishon o‘z sohiblariga kelgusidagi vazifalarni bajarishda, kasbiga sadoqat va fidoyilik bilan yondashishda qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

Barchaga qo‘shaloq bayram muborak bo‘lsin!

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi