Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 25.01.2022



01:54:27 (GMT +5), Чр, 26 янв 2022

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasini kompleks tekshirish natijalari muhokama qilindi

Аҳамият беринг

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasini kompleks tekshirish natijalari muhokama qilindi


Bugun, 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasini kompleks tekshirish natijalari muhokama qilindi.

Kompleks tekshirish shaffoflik va xolislikni ta’minlash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish hamda pandemiya sharoitidagi ijobiy tajribadan samarali foydalanish maqsadida  masofadan turib, onlayn tarzda amalga oshirildi.

Videkonferesiya shaklida bo'lib o‘tgan muhokamada vazirlik rahbariyati hamda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Unda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2018 - 2021-yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bolgan ustuvor vazifalar hamda faoliyatning samaradorligini baholash natijalari tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi.

Kompleks tekshirish natijasida aniqlangan tizimli xato va kamchiliklari uchun 7 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi