|
Bosh sahifa »

- 25/02/2010E’tibor va ezgulik namunasi
-
Prezidentimizning 2009 yil 1 iyulda “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni kamolga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi Qarori xalq va millat kelajagi yo‘lida amalga oshirilayotgan g‘amxo‘rlikning uzviy davomidir.
batafsilroq
- 25/02/2010Majburiyatlarni belgilovchi kelishuv
-
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 29-moddasiga binoan nikoh shartnomasi – nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida, yoki er va xotin nikohdan ajralgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi deb hisoblanadi.
batafsilroq
- 25/02/2010Surma ketib... ko‘z-yosh qoldi
-
Mamlakatimizda “Sog‘lom onadan — sog‘lom farzand tug‘iladi” degan purma’no fikrga amal qilgan holda keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilayapti. Prezidentimizning 2009 yil 13 apreldagi “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ham xuddi shu masala e’tiborda ekanini ko‘rsatib turibdi.
batafsilroq
- 25/02/2010Normativ-huquqiy hujjatlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinganda
-
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasida “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish amaliyoti” mavzuida seminar o‘tkazildi.
batafsilroq
- 25/02/2010Taqdimnoma shunchaki kiritilmaydi
-
Mamlakatimizda, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish mexanizmi to‘la shakllangan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 maydagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 205-sonli qaroriga asosan xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilish maqsadida Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
batafsilroq
- 25/02/2010Muddatli harbiy xizmat: Tushuntiruv, targ‘ibot va tadbirlar
-
Yurtimizda mudofaa tizimini rivojlantirish va takomillashtirish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada yetarli normativ-huquqiy baza yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-bobi mudofaa va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, 125-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuzilishi belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiya asosida “Mudofaa to‘g‘risida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonunosti hujjatlari qabul qilingan.
batafsilroq
- 22/02/2010Qonunni buzdi... Intizomiy jazoga tortildi
-
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes sub’ektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida imtiyoz va kafolatlar sohada tub burilishlar yasamoqda.
batafsilroq
- 22/02/2010Rossiyada uylangan ekan
-
Guldek qizimni o‘g‘lingga bergandim. Hattoki, nikohdan keyinchalik o‘tishar degan gapingni ham ikki qilmay rozilik bergandim. Axir bu nima sharmandalik? Malomatga qo‘yib, oilamizni tiriklayin go‘rga tiqding-ku?! O‘g‘lingning Rossiyada xotini, bola-chaqasi ham bor ekan, balo bormidi mening qizimga og‘iz solib!? Mahalla-ko‘yda endi qanday bosh ko‘tarib yuramiz?! Hammadan ham qonuniy nikohdan o‘tmay tug‘ilgan begunoh bolaning ohi-faryodi seni ursin deya, — o‘z qudasiga zahrini sochdi fig‘oni falakka ko‘tarilgan ota...
batafsilroq
Hamma yangiliklar
|